Yakkabogʼ tumanida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi
Yakkabogʼ tuman IIBga 2021 yil 02 may kuni soat 10:35larda tushgan xabarga koʼra, shu kuni soat 18:00larda, Yakkabogʼ tumani “Uygʼur” MFYda yashovchi K.T shu qishloq hududidagi adirlikda qoʼylarini boqib yurgan vaqtida, qoʼylarini xaydab oʼtayotgan, Yakkabogʼ tumani “Qoʼshchinor” MFYda yashovchi B.O.ga “nega meni chaylamni yonidan qoʼylaringni olib oʼtasan”-deb, oʼzaro ogʼzaki tartishib qolishib, janjal vaqtida K.T oshxona pichogʼi bilan B.O.ni chap koʼkrak sohasiga bir marotaba sanchib olib, tan jarohati yetkazgan. Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik U.Yaxshiev hamda tuman IIB boshligʼi ishtirokida sodir etilgan jinoyat muhokamasi boʼlib oʼtdi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash tuman boʼlimi, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etishdi.
Muhokamada ishtirokchilarga jinoyatning oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning barvaqt oldini olish masalasi ustuvor vazifa ekanligi uqtirildi. Jinoyatni kelib chiqish sabablari va bunga shart-sharoit yaratgan omillar yuzasidan tegishli mutasaddi idoralar va mahalla faollarining xatti-harakati muhokama qilindi.
Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan Oʼz.Res JKning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.