21 Oktyabr 2022 yil 284

Yakkabog‘  tumani Mustaqillik mahallasida joylashgan “Qo‘rg‘oncha” mahallasi madaniyat markazida sayyor qabul o‘tkazildi

 

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari
Yakkabog‘ tumani Mustaqillik mahallasida joylashgan “Qo‘rg‘oncha” mahallasi madaniyat markazida sayyor qabul o‘tkazishdi.
Fuqarolarning kundalik turmush tarzini tizimli ravishda o‘rganish, bu borada aniqlangan muammolarni manzilli ravishda bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari tomonidan joylarda sayyor qabullar uyushtirilmoqda. Ana shunday ishlarning uzviy davomi sifatida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, polkovnik Olimjon Abdullaev va podpolkovnik Isroil Ximmatovlar tomonidan Yakkabog‘ tumani Mustaqillik mahallasida joylashgan “Madaniyat qo‘rg‘oncha” markazida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarnin bir qator muammolari muhokama qilinib, yechimini topish choralari ko‘rildi.
Sayyor qabulda 3-sektorga qarashli mahallalarda yashovchi bir guruh fuqarolarning 23 ta murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlarning 7 tasi ya’ni, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlarga mikroto‘lqinli pech va bir nafar fuqaroga ID-karta yana bir nafariga xorijga chiqish pasporti berildi. Jumladan, tumanning “Sherozi”mahallasida yashovchi Qilichbek Ismatovga o‘zini o‘zi band qilishi uchun payvandlash apparati berildi.
Qolgan murojaatlarning 3 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, mablag‘ va vaqt talab etadigan 13 murojaat esa ish yurituviga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech