1 May 2021 yil 845

Xotira boqiy, qadr muqaddas

Mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bagʼishlangan tadbirlarda, ona diyorimizni, xalqimizning istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik hamda shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlik, hurmat-ehtiromda bu jihatlar yanada yaqqol namoyon boʼlmoqda. Shu bois oʼtganlar xotirasini eʼzozlash, bugungi tinch, osoyishta, dorilamon kunlarga yetishimizda fidoyilik koʼrsatgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan faxriylar, nuroniy otaxonu onaxonlar holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy koʼmak berish ezgu anʼanaga aylangan.
Qarshi shaxridagi “Vatanparvar” bogʼida tashkil etilgan tadbirda Qashqadaryo viloyat IIBda xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" kontseptual gʼoyasi asosida xodimlarning ongu tafakkuriga Vatan va xalq manfaatlariga xizmat qilish sharafli va muqaddas burch ekanini anglatish, davlatimiz va ichki ishlar organlarining timsollari bilan faxrlanib, qasamyodiga sodiq boʼlish hamda kasbiy burchini bajarishda qonuniylikka qatʼiy rioya etish tuygʼusini chuqur singdirish orqali xalqning ularga boʼlgan ishonchi va hurmat hissini yuksaltirish kontseptsiyaning asosiy maqsadi va vazifalaridan biri.

Text to speech