8 Noyabr 2021 yil 539

Xotin-qizlar qonun himoyasida



Bugungi kunda xotin-qizlarlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, jamiyatdagi rolini oshirish va ularning huquqlarini himoya qilish borasida davlat siyosati darajasida amaliy ishlar qilinmoqda.
Jumladan, xotin-qizlarni tazyiq va zo'rovonlikdan himoya qilish to'g'risida qabul qilingan Qonun va ushbu Qonun doirasida olib borilayotgan ishlar ham aloxida axamiyatga molikdir.

Qarshi Muxandislik va Iktisodiyot Institutida ,, Zo'rovonlik va tazyiqqa qarshi kurash" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda talabalarga Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB HPB XKMB katta inspektori podpolkovnik Z.Rustamova mazkur Qonun va uning axamiyati haqida huquqiy tushuntirish berdi. Yig'ilish so'ngida mutaxassis tomonidan psixologik trening ham o'tkazildi.
Yig'ilishda talabalar huquqiy bilim va psixologik tushunchalar olishdi.

Text to speech