25 Sentyabr 2021 yil 407

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni tuman hududida noqonuniy kirib kelishlari, boʼlishlari va yashashlarini oldini olish maqsadida tuman hududida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda


Yakkabogʼ tumani IIB M va FRB hamda tuman IIB 19-sonli IIB IM va FRG xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi xukumatining ayrim qarorlariga chet davlat fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasida boʼlishi tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida”gi Qarori hamda 1996 yil 21 noyabrdagi “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʼzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”ni 65-bandi oʼz kuchini yoʼqotganligi munosabati bilan xorijiy davlatlardan turli maqsadlarda maʼlum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelgan va bugungi kunda vaqtinchalik qayd muddati tugagan fuqarolar 2021 yil 10 sentyabr kuniga qadar chiqib ketishlari belgilandi. Bu borada tumanda qator profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Yakkabogʼ tuman IIB M va FRB hamda Yakkabogʼ tuman IIB
19-son IIB IM va FRG tomonidan tuman hududida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni tuman hududida noqonuniy kirib kelishlari, boʼlishlari va yashashlarini oldini olish maqsadida tuman hududida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Julidova Yelena Nikolaevna 2021 yil 7 sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Yakkabogʼ tumani Sharsharbogʼot qishlogʼida yashovchi tanishi Xurramov Davron Imomovichni yashash xonadoniga mehmonga kelib, 2021 yilning 13 sentyabriga qadar vaqtincha pasport qaydidan oʼtmasdan yashab kelgan.Natijada mehmon OʼzR MJtKning 225-moddasi 1-qismi talabini buzganligi uchun unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobari miqdorida jarima jazosi qoʼllandi. Yakkabogʼ tumani Sharsharbogʼot qishlogʼida yashovchi Xurramov Davron Imomovich yashash xonadoniga xorijiy fuqaroni qoʼyganligi va vaqtincha qayddan oʼtkazmasdan yashashiga shart-sharoit yaratib berganligi uchun OʼzR MJtKning 225-moddasi 5-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʼn) barobari miqdorida jarima jazosi qoʼllandi.
Tuman IIB MvaFRB hamda tuman IIB 19-sonli IIB IMvaFRG xodimlari tomonidan kelgusida bu kabi holatlarga yoʼl qoʼymaslik uchun hududlarda targʼibot va tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech