25 Iyul 2022 yil 269

Xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilimlari sinovdan oʼtkazilmoqda


Ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy- maʼrifiy bilimlarini boyitish va kitobxonlik qobiliyatlarini yuksaltirish maqsadida viloyat IIB boshligʼining farmoyishiga asosan, viloyat IIB tarkibiy boʼlimlari va sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlari xodimlarining joriy yilning birinchi yarim yilligida “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” mavzularini oʼzlashtirish borasidagi bilimlarini sinovdan oʼtkazish maqsadida joylarda sinov imtihonlar boʼlib oʼtmoqda.
Farmoyishga asosan tasdiqlangan sinov imtihonlarini qabul qilish komissiyasi Koson tuman IIB xodimlaridan respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan kelishilgan holda tuzilgan savollar asosida yuz ballik baholash tizimi hamda ikkita mezon asosida xodimlarning mavzularni konspektlashtirishi, ichki ishlar organlari xodimlari oʼqishi lozim boʼlgan 39 ta oʼzbek va xorij adabiyotiga oid javoblari ogʼzaki savol javob asosida olinmoqda.

Text to speech