5 Aprel 2023 yil 304

Xodimlar oilasi bilan madaniy hordiq olishdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV madaniyat saroyi “Ashula va raqs” ansamblining xonanda va so‘z ustalari G‘uzor tumanidagi  “Sho‘rtan” o‘yingohida xayriya konserti uyushtirdi. Unga Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari, tizimda uzoq yillar samarali xizmat qilib faxriylik gashtini surayotgan otaxonlar, boquvchisini yo‘qotganlar hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning farzandlari taklif etildi.

 Tadbirda IIV Ashular va raqs ansambli rahbari Uchqun Tillayev, taniqli so‘z ustasi O‘tkir Muhammadxo‘jayev, qiziqchi Zokir Ochildiyev, xonadalar Davron Axmedov, Mashhura Ergasheva, Suxrobbek Xamdamov, Ulug‘bek Xalikov, Shahnoza Otaboyeva va Farhod Qambarovlar tomonidan aytilgan latifa va kuy qo‘shiqlar muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi  madaniyat saroyi “Ashula va raqs” ansambli a’zolarining madaniy tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech