8 May 2021 yil 684

Xizmat vaqtida vafot etganlar xotirasi yodga olindi


Xotira va Qadr hech qachon eskirmaydigan tuygʼu. Bu soʼzlar zamirida insonga, uning qadr-qimmatiga, shaʼniga, xotirasiga ehtirom mujjassamdir. Аyniqsa, fashizm balosini Yer yuzidan daf etish uchun boʼlgan hayot-mamot janglarida vatandoshlarimizning koʼrsatgan jasorati va fidoyiligi hech qachon unutilmaydi. Inson bor ekan, xotira va tarix mangudir.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, Faxriylar kengashi, IIV Qashqadaryo Аkademik litseyi, boshqarma sohaviy xizmatlar xodimlari va mahalla faollari, ichki ishlar organlarining turli sohalarida xizmat qilib bugungi kunda faxriylikgashtini surayotgan mehnat fronti qatnashchilari Tamara Zinchenko va Xudoynazar Toshpulatov xonadonida boʼlishdi. Tadbirda keksa avlod vkillariga hurmat-ehtirom koʼrsatilib, moddiy va maʼnaviy koʼmak berildi.
Tadbirda faxriylar bolaligi kechgan ogʼir damlar, bosib oʼtgan hayot yoʼllari, tinchlik va osoyishtalik uchun jonini fido qilganlar insonlarni eslab, oʼz xotiralarini yoshlarga gapirib berdilar. Vatan ravnaqi va ozodligi yoʼlida jon fido qilgan ichki ishlar organlari xodimlari xotirasi haqida ham ibratli fikrlarni bildirib, xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan ichki ishlar organlari xodimlarini yodga olishdi.
Eng muhimi, bu kabi uchrashuvlar ota-bobolarimiz jasoratining qadriga yetish, ona Vatanga, xalqqa, Prezidentga sadoqat bilan xizmat qilish, shu yurtga munosib farzand boʼlishdek ezgu tuygʼularni yoshlarimiz ongiga singdirishda katta ahamiyat kasb etadi,- dedi, viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Shermuxammad Muslimov.
Ikkinchi jahon urushida shahid ketgan, yurt istiqboli yoʼlida jonini qurbon qilgan kishilarni xotirlash, ularning ruhini shod etish, tabarruk otaxon va onaxonlarimizga izzat-ikrom koʼrsatish, oʼtganlarini yod etish barchaning muqaddas burchi.
Hayot davom etmoqda. Аvlodlar jasorati xalqimiz xotirasida abadul-abad saqlanib qolajak.

Text to speech