Xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik yigʼilish oʼtkazildi
IIV ShXBB viloyat boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik D.Sh.Babayarov tomonidan YHXB boshqarmasida yigʼilish oʼtkazildi. Yigʼilishda tuman IIB xodimlari xizmat intizomi va qonunchilikka ogʼishmay rioya qilishi, vazirlik va boshqarma rahbariyatining meʼyoriy buyruqlari va koʼrsatmalarini bajarishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi uqtirildi. Muntazam xizmat intizomi va qonunchilikni buzishga moyil xodimlar bilan tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarda qilmishining mohiyati tushuntirildi. Xodimlarga xizmat oʼtashda yeʼtibor qaratish lozim boʼlgan jihatlar xususida yoʼriqnomalar berildi.
Xodimlar oʼrtasida korruptsiya va boshqa qonunbuzilishi holatlarini oldini olish, salbiy holatlarni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlar va omillar xususida tushunchalar berildi.
Shuningdek, kelgusida YHXB xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan zaruriy chora tadbirlar belgilab olindi.