20 Aprel 2022 yil 754

Xayr-saxovat, muhtojlarga yordam berish, chorasizlarni qoʼllab-quvvatlash, nogiron va boquvchisini yoʼqotganlarga insonparvarlik yordamini koʼrsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan biri

Xayr-saxovat, muhtojlarga yordam berish, chorasizlarni qoʼllab-quvvatlash, nogiron va boquvchisini yoʼqotganlarga insonparvarlik yordamini koʼrsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan biri. Muborak Ramazon oyida bunday holatlar yanada oʼzgacha koʼrinishda namoyon boʼlmoqda.
Bu kabi ezgu va savobga yoʼgʼrilgan ishlar Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan ham muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, yaqinda boshqarma HPB Xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boʼyicha boʼlimi, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Qarshi davlat universiteti vakillari hamkorlikda Yakkabogʼ tumanidagi Saxovat uyida yashab kelayotgan ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj, nogironligi boʼlgan otaxon va onaxonlar holidan xabar olib, ularga kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa kerakli vositalar ulashildi.
Tadbir yakunida Qarshi DU talabalari tomonidan hajviy yoʼnalishda teatrlashtirilgan sahna chiqishlari namoyish etildi.

Text to speech