1 Aprel 2021 yil 645

"Xavfsiz xonadon” tadbiri


Qarshi shahar “Oydin” mahalla fuqarolar yigʼinida aholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolarini oʼrganish va bartaraf etishga qaratilgan “Xavfsiz xonadon” tadbiri boʼlib oʼtmoqda. Tadbir doirasida “Temir daftar”dagi oilalar, “Xotin-qizlar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda mahallada yashovchi fuqarolarning bandligini taʼminlash, daromad manbalarini shakllantirish, xonadonda yashovchilarning turmush tarzi va boshqa muammolari oʼrganilib, tegishli choralar koʼrilmoqda. Bu boradagi ishlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

Text to speech