13 Avgust 2021 yil 455

Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik moddasini yetishtirgan shaxs qoʼlga olindi

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi va Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan 2021 yil 26 iyulь kuni hamkorlikda oʼtkzilgan “Qoradori-2021” tadbirida yana bir ogʼufurushning kirdikorlari fosh boʼldi. Jumladan, shaharning “Navruz” MFYda yashovchi D.N. hovlisida 4 toʼp kannabis giyohvandlik oʼsimligini parvarishlab kelayotgan ekan. D.N.dan olingan giyohvandlik oʼsimligining nam holdagi ogʼirligi 495,0 gramm chiqdi.
Ogʼufurushga nisbatan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech