Xavfsiz turizm xodimlari tomonidan targʼibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet yel fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʼyicha roʼyxatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2018 yil 28 avgustdagi qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda avvalo asosiy yeʼtibor viloyatda faoliyat yuritayotgan mehmonxonalar “E-mehmon” yelektron dasturi qoidalariga rioya qilish holatini tekshirish boʼyicha profilaktik tadbirlar oʼtkazildi. Joylashtirish vositalari masʼul shaxslariga tashrif buyurgan mehmonlarni doimiy ravishda “E-mehmon” yelektron dasturiga kiritib borish lozimligi, aks holda tegishli tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilishga sabab boʼlishi haqida ogohlantirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, mehmonxona xodimlariga koronavirus pandemiyasi tufayli Respublikada belgilangan karantin cheklovlariga rioya qilish, tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun mehmonxona oldi, kirish va ichki qismlarida uch xil (oʼzbek, rus, ingliz) tilidagi koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlarini oldini olish borasida kiritilgan tartib va cheklovlar mazmun-mohiyati aks yettirilgan koʼrgazmali maʼlumotlarni joylashtirish, mehmonlar kirib-chiqishda niqobda boʼlishi, ijtimoiy masofani saqlashi, tana haroratini oʼlchash hamda qoʼllarni dezinfektsiya qilish amaliyoti yoʼlga qoʼyilishi toʼgʼrisida tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, Shahrisabz shahri, Amir Temur xiyobonida joylashgan tarixiy obidalar boʼylab sayohat qilayotgan fuqarolar bilan ham belgilangan karantin cheklovlariga rioya qilish, ijtimoiy masofani saqlash, belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya yetishlik juda muhimligi toʼgʼrisida tushuntirishlar olib borildi. Karantin tartib-qoidalariga rioya yetmagan 2 nafar fuqaroga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJTKning 54-moddasiga asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.