Xalqimizning maʼrifatparvar adibi
Qashqadaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida xalqimizning buyuk maʼrifatparvari, shoir va mohir tarjimon Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʼshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7256-harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi. Tadbirni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari L.Saodatova ochdi.
Tadbirda xalqimizning atoqli farzandi Usmon Nosirning ijodi va faoliyati haqida viloyat Yozuvchilar uyushmasi yetakchi mutaxassisi Nafisa Jumaeva ishtirokchilarga maʼruza qildi. Millatparvar, vatanparvar Usmon Nosir 1912 yilda Namangan viloyatida tugʼilgan. U Moskvadagi Kinematografiya institutida va Аlisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining til va adabiyot fakulьtetida tahsil olgan. Uning «Quyosh bilan suhbat», «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi sheʼriy toʼplamlari, «Norboʼta» va «Naxshon» (1934) dostonlari nashr etilgan. «Аtlas» (1935) pьesasi teatr sahnasida koʼyilgan. А.S.Pushkinning «Boqchasaroy fontani», M.Yu.Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlarini oʼzbek tiliga mohirona tarjima qilgan. Аdib 1937 yil 13 iyulda «xalq dushmani» sifatida hibsga olingan. Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga toʼlgan 25 yoshida qamalib, qatagʼon qilingani, mustabid tuzum bunday millatparvar, vatanparvar insonlarni oʼzining eng ashaddiy dushmani, deb hisoblagani bois ham, shoir umrini qamoqxonalarda azob-uqubatda oʼtkazib, 1944 yili 32 yoshida vafot etadi.
Shu munosabat bilan Usmon Nosirning hayoti va ijodini yurtimizda yanada kengroq oʼrganish, asarlarini nashr qilish va nomini abadiylashtirish boʼyicha qator ishlar amalga oshirilayotir.
Tadbirda askarlar tomonidan shoirning sheʼrlaridan namunalar oʼqildi.