26 Yanvar 2023 yil 213

Xalqchil profesional tuzilmaning huquqiy asosi

Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyonida Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB MMI va KBTX, boshqarma JXX JTSB PPX batalyoni rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni tuman boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ixtiyor Xudoyqulov ochib, Yurtboshimizning shbu qarori ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini bildirdi. Qarorda ichki ishlar organlari xodimlarini aholi bilan yaqin hamkorlikka yo‘naltirish, fuqarolarning ishonchli himoyachisi bo‘lishi, sohaga har tomonlama pofessional xodimlarni jamlash, ular ma’naviyatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlandi.

Qaror bilan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanganini, har bir xodim Kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi majburiy hisoblandi. Bundan tashqari, xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni ekanligi mabodo, Kodeksdagi qoida va talablarga amal qilmaslik yoki ularni qo‘pol ravishda buzish ichki ishlar organlari xizmatdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lishi aytib o‘tildi.

Yakunda mavzu doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Text to speech