30 Noyabr 2020 yil 561

XАLQ MАNFААTLАRIGА XIZMАT QILISН АSOSIY VАZIFАMIZ

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi - 3-sektor rahbari polkovnik Sh.Satvoldiev odamlar dardini tinglash, ularni qiynayotgan kundalik va maishiy muammolarga yechim topish maqsadida Shahrisabz tumanida 3-sektor ishchi guruhi, hokimlik, mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va fuqarolar ishtirokida sayyor qabul oʼtkazdi.
Tumanning “Shamaton” MFYda tashkil etilga sayyor qabulda qoʼshni va yondosh mahalla fuqarolar yigʼinlarida istiqomat qilayotgan 70 ga yaqin fuqaro qatnashdi. Sayyor qabulda fuqarolarni eʼtiroziga sabab boʼlayotgan kundalik va maishiy muammolar, elektr energiyasidagi uzilishlar, qishloq ichki yoʼllarni taʼmirlash yoʼnalishidagi 15 ta murojaat tinglandi. Jumladan, tumanning “Tanxoz” mahallasida yashovchi Norbobo Yoʼldoshev sektor rahbari qabulida boʼlib, qishloqda elektr energiyasida uzilishlar koʼp boʼlayotganini, ichki yoʼllarni taʼmirlash lozimligini bildirdi. Sayyor qabulda tinglangan murojaatlarning 4 tasi joyida hal etildi. Qolgani vaqt va mablagʼ talab qilishi ingobatga olinib, tegishli mutasaddi idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari ehtiyojmand oilalarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida roʼyxatga olingan 15 nafar oilaga un, yogʼ mahsulotlari tarqatildi. Ushbu yoʼnalishdagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, jinoyat sodir etishga moyil, qoidabuzar shaxslarga nisbatan muhokama taʼsir choralarini qoʼllash lozimligi masʼul mutasaddilarga tushuntirilib, tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Sayyor qabulda Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 6 nafar shaxsga milliy pasportlar tantanali ravishda topshirildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech