“Xalq bilan armiya – bir tanu bir jondir!”
Qashqadaryo viloyati IIBda Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvarь - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya-bir tanu bir jondir!” mavzusida maʼrifat darsi hamda faxriylar va oʼquvchi yoshlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning farzandlari ishtirokida Boshqarma MMI va KBTX tashabbusi bilan Maʼnaviyat va maʼrifat darsi tashkil etildi.
Boshqarma Аxborot-resurs markazida tashkil etilgan Maʼnaviyat va maʼrifat darsida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan zamonaviy va ixcham armiya barpo etilganini taʼkidladi.
Yurtimizga sadoqatli, jamiyatga daxldorlik hissi, harbiy-vatanparvarlik tuygʼusi yuksak yosh avlodni voyaga yetkazish, bu jarayonda milliy armiyamiz tizimida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar muhim omil boʼlayotgani ishtirokchilarga tushuntirildi. Yoshlarni har tomonlama ixcham va zamonaviy milliy armiyamiz erishayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda Vatan ozodligi, sarhadlar daxlsizligi va el osoyishtaligi yoʼlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz nomini yodda saqlash, milliy armiyamiz qudrati va salohiyatiga boʼlgan ishonchni kuchaytirishdan iboratdir.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.