26 Dekabr 2022 yil 230

Xalq ardog‘idagi shoir

Chiroqchi tumani hokimligida Qashqadaryo viloyati IIB va boshqarma Faxriylar kengashi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi chiroqchilik taniqli shoir, adib, tarjimon, jurnalist, ichki ishlar organlari faxriy xodimi, iste’fodagi mayor O‘roz Haydarov tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirni tuman hokimi Nodir Erkayev ochib, O‘roz Haydarning ijodiy izlanishlari, bugungi adabiy jarayonda yosh ijodkorlarga berayotgan maslahat va o‘gitlari xususida o‘z fikrlarini bildirib, uning kelgusi ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar tilab, serqirra ijodkorning yelkasiga o‘zbekona to‘n yopdi.

Ijodiy kechaga yig‘ilganlar senator va professor, faylasuf Abdirahim Erkayev, viloyat IIB faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov, viloyat Arxivi boshlig‘i Sa’dulla Boboqulov, Qashqadaryo viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi Xomid Boboqulov, shoir Berdi Raxmat va bir guruh yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar  xalq ardog‘idagi shoir O‘roz Haydarni samimiy qutlashdi, adib  haqida iliq so‘zlar aytildi.

Text to speech