24 Yanvar 2022 yil 457

Voyaga yetmaganlar qilmishi muhokama etildi


Qarshi shahar XTBga qarashli 35-maktabda voyaga yetmagan bir guruh bolalarning janjali yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB HPB, maktab oʼqituvchi va oʼquvchilari, janjal qilgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari ishtirok etdi.
Maʼlum boʼlishicha, shaharning “Xudoyzod” MFYda yashovchi, voyaga yetmagan O.S. 2021 yil 31 dekabrь kuni soat 22:00larda mahallaning Qoʼshtepa koʼchasidan oʼtib ketayotgan vaqtida mahalladoshi, shahardagi
35-maktabning 10-sinf oʼquvchisi, voyaga yetmagan F.M. hech bir sababsiz yelkasiga bir musht urgan. Uni yonidagi 4-5 nafar sheriklari ham uni bosh va koʼkrak qismlariga hech bir sababsiz urib tan jarohati yetkazishgan.
Tadbirda soʼz olganlar voyaga yetmaganlarning bu janjaliga sabab boʼlgan shart-sharoit va omillarni tahlil qilishdi.
Kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish uchun maktab-ota-ona-mahalla hamkorligini yanada kuchaytirish, bolalarni boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish uchun tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech