13 Dekabr 2021 yil 448

Voqea joyidan olingan barmoq izlaridan oʼgʼirlik jinoyati fosh boʼldi

Qarshi tumani Qovchin qishlogʼida yashovchi X.T 2021 yil 08 dekabr kuni ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 01:00dan 03:30larga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida nomaʼlum shaxslar yashash uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, 1 dona 6.000.000 soʼmlik, 1 dona 5.000.000 soʼmlik klon, 1 dona 2.400.000 soʼmlik ayollar nikoh uzugi, 1 dona 2.400.000 soʼmlik briliant koʼzli ayollar tillo uzugi, 1 dona 3.500.00 soʼmlik erkaklar nikoh uzugi hamda 400.000 soʼm miqdordagi pullari jami 19.700.000 soʼmlik mol-mulklarini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB EKB xodimlari tomonidan hodisa joyidan 10 dona barmoq izlari olinib tekshirilganida, 1 dona barmoq izlari tumanningning “Shirkent” MFYda yashovchi S.E.ga tegishliligi aniqlangan.

Qarshi tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan S.E bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib undan daliliy ashyo sifatida X.T.ga tegishli tillo taqinchoqlar va 220.000 soʼm pullar tegishli ravishda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Text to speech