2 Aprel 2024 yil 308

Voleybol musobaqasi o‘tkazildi

IIV Qashqadaryo akademik litseyida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy bilimlarini oshirish, sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ijtimoiy qo‘llab-quvatlash   maqsadida  o‘quvchilar ishtirokida turli sport musobaqalari uyushtirib kelinmoqda. Jumladan yaqinda sportning “Valeybol” turi bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Qashqadaryo viloyati FVB Qarshi shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limi 1-YOQQ smena boshlig‘i kapitan B.Ro‘ziyev ishtirok etib, o‘quvchilarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish sog‘lik uchun muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.            Musobaqaga start berilgach, o‘quvchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordilar. Yakunda g‘olib jamoaga litsey rahbariyatining kubogi topshirildi.

Text to speech