VOYAGА YETMАGАNLАR E'TIBORDА
Yaqinda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik Bekmurod Аbdullaev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida vohada jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini “issiq izlar”da fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shaxsiy tarkibning kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligi va ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimini oshirish, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif doirasida Vazir oʼrinbosari boshqarma HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatish markazida boʼldi. Tashrif doirasida markazda voyaga yetmaganlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoyasi borasida amalga oshirilgan ishlarni koʼzdan kechirdi.
Davlatimiz tomonidan keyingi paytlarda ota-ona va jamoatchilik nazoratidan chetda qolgan bolalarni ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar ancha takomillashganini voyaga yetmaganlar davlat nazoratida ekanligini taʼkidladi. Markazda vaqtincha tarbiyalanayotgan bolalar bilan suhbatlashib, ularning fikrlari, kelajakdagi orzulari borasida suhbatlashdi.
Markaz binosini kapital taʼmirlash va qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish borasida tegishli tavsiya va takliflarini berdi.