11 Mart 2021 yil 547

Viloyatimizning shahar va tumanlarida ommaviy qabul davom etmoqda

Mamlakatimizda inson haq-huquqlari va uning manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor vazifaga aylandi. Shu bois odamlarning muammolarni bartaraf etish, ularni qiynayotgan kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan rozi qilish bugungi kunning muhim vazifasi. Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni oʼrganish va ularni hal qilish maqsadida joriy yilning 11 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahar, Shahrisabz tumani va Yakkabogʼ tumanlarida Prezident Аdministratsiyasi, xalq qabulxonalari, sud, Sudьyalar oliy kengashi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar xodimlari va mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh sayyor ommaviy qabullar oʼtkazdi. Unda viloyatning Shahrisabz shahar, Shahrisabz tumani va Yakkabogʼ tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida jami 56 ta murojaatlar tinglandi. 28 ta murojaat joyida hal etildi. 2 nafar fuqarolarga muammosi boʼyicha boshqa organga murojaat etishlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. 26 nafar fuqaroga murojaatlari mablagʼ va vaqt talab etashi tushuntirilib, tegishli mutasaddi idoralarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.
Murojaatlari ijobiy yechim topgan fuqarolar Sayyor qabul shaffof, oshkora va ochiq, odilona oʼtkazilgani uchun muhtaram Prezidentimizga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligini bayon etdi.
Koʼlami keng sayyor qabul yakunida fuqarolardan tushgan murojaatlar jamlanib, tahlil etildi va sektorlar rahbarlariga roʼyxatga olingan muammolarni bartaraf etish majburiyati yuklandi.
Sayyor qabul vohaning shaha va tumanlarida davom etmoqda.

Text to speech