Viloyatimizning shahar va tumanlarida ommaviy qabul boʼlib oʼtdi
Mamlakatimizda inson haq-huquqlari va uning manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor vazifaga aylandi. Shu bois odamlarning muammolarni bartaraf etish, ularni qiynayotgan kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan rozi qilish bugungi kunning muhim vazifasi. Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni oʼrganish va ularni hal qilish maqsadida joriy yilning 13 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Prezident Аdministratsiyasi, xalq qabulxonalari, sud, Sudьyalar oliy kengashi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar xodimlari va mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh sayyor ommaviy qabullar oʼtkazdi. Unda viloyatning Qarshi shahar va Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida jami 68 nafar fuqarodan 35 ta murojaat kelib tushdi. 35 nafar fuqaroning murojaatlari mablagʼ va vaqt talab etashi tushuntirilib, tegishli mutasaddi idoralarga yuborildi va ijrosi alohida nazoratga olindi hamda 4 nafar shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari tantanali topshirildi.
Sayyor qabul shaffof, oshkora va ochiq, odilona oʼtkazilgani uchun muhtaram Prezidentimizga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligini bayon etdi.
Koʼlami keng sayyor qabul yakunida fuqarolardan tushgan murojaatlar jamlanib, tahlil etildi va sektorlar rahbarlariga roʼyxatga olingan muammolarni bartaraf etish majburiyati yuklandi.
Oliy sud raisi K.Kamilov rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi viloyatimiz buylab uyushtirilan ommaviy qabuli yakunlandi.