Viloyat yoshlari masʼullari jazo muddatini oʼtayotgan yoshlar bilan uchrashdi
Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʼi T.Poyonov, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi v.v.b A.Ibotova, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi harbiy boʼlim boshligʼi, mayor I.Abduxoliqov hamda 2-son JIE kaloniyasi masʼullari mazkur kaloniyadagi 30 yoshgacha boʼlgan 100 nafarga yaqin jazo muddatini oʼtayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda jazoni oʼtayotgan yoshlarga davlatimiz tomonidan imkoniyatlar berilayotgani, ozodlikka chiqqach, tadbirkorlikni boshlashlari hamda imtiyozli kredit olishlari toʼgʼrisida muhim maʼlumotlar berildi.
—Inson adashishi mumkin. Lekin, adashganidan toʼgʼri xulosa chiqarishi uning yutugʼi, — deydi agentlikning viloyat boshqarmasi boshligʼi T.Poyonov. — Hali hayotingiz oldinda. Nasib yetsa, ozodlikka chiqqach, oʼtgan voqeliklarni ortga surib, hammasini boshdan boshlaysizlar. Ishonamanki, hayotingizdagi bu koʼrguliklar tushdek boʼlib qoladi.