29 Avgust 2022 yil 290

Viloyat IIBda arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati IIBda mustaqillik bayrami arafasida ichki ishlar organlari xodimlari uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va ishchi-xizmatchilar qashqadaryolik tadbirkorlar tomonidan savdoga qo‘yilgan 20 turdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, un, shakar, tuxum hamda sarxil meva-sabzovotlardan arzon narxlarda sotib olishdi.

Arzonlashtirilgan yarmarkada ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun maktab formalari va o‘quv qurollari ham savdoga qo‘yildi. 

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari yarmarkadan bayram dasturxoni uchun zarur mashulotlarni naqd pul va plastik kartalar orqali sotib oldilar.

Text to speech