22 Dekabr 2022 yil 269

Viloyat IIB rahbariyatining sayyor qabuli o‘tkazildi

Qarshi shahri 3-sektor hududida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida viloyat IIB 3-sektor rahbariyati tomonidan aholi va yoshlar uchun sayyor qabul uyushtirildi.

Sayyor qabulda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov va Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Farrux Ibragimovga fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan, sektor rahbari va mutasaddilariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishdi.

Qabul davomida 49 nafar fuqarolarning murojaati tinglanib, joyida hal qilish imkoni bo‘lgan og‘zaki murojaatlar qanoatlantirildi. "Ayollar daftari"ga kiritilgan 16 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikish mashinkalari, "Yoshlar daftari"da turgan 4 nafar fuqaroga subsidiya asosida Noutbuk, nogironligi bo‘lgan 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 1 nafar fuqaroga esa kir yuvish mashinasi, 3 nafar fuqaroga  shaxsini tasdiqlovchi ID-kartasi topshirildi.

Atroflicha o‘rganish taqozo etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech