7 May 2021 yil 448

Viloyat IIB PPX va JTSB PPXB xodimlari xamda JTSB kinоlogiya xizmati xodimlari tomonidan targʼibot tadbirlari olib borilmoqda

Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin boʼlgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq (gʼilofsiz) holda olib yurmaslik va ulardan foydalanmalik toʼgʼrisida Qarshi shaxar xalq taʼlim boʼlimiga qarashli 5-sonli maktabida PPX va JTSB PPXB xodimlari xamda JTSB kinоlogiya xizmati xodimlari  ishtirokida targʼibot va tashviqot tadbiri oʼtkazilidi.

Ushbu tadbirda 25 nafar oʼqituvchi va 264 nafar oʼquvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida soʼzga chiqqan batalьon xodimlari bozor va koʼchalar hamda istirohat bogʼlari va boshqa koʼngil ochar joylarda fuqarolar tomonidan bemaqsad oʼtkir tigʼli jismlar, yaʼni, oshxona pichogʼi, qoʼlbola usulda yasalgan bigiz, sanchqi va insonga jaroxat yetkazishi mumkin boʼlgan boshqa buyumlarni olib yurish, qonunchilikka binoan belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʼlishi toʼgʼrisida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelganda IIO xodimlari tomonidan uni bartaraf etish chogʼida amalga oshiriladigan xarakatlar namoyish etildi.

Bundan tashqari, JTSB kinologiya xizmati tomonidan xizmat itlarini bilan giyohvandlik vositalarini izlab topish hamda jinoyatchilarni ushlash boʼyicha chiqishlar amalga oshirildi.

Text to speech