VILOYАT IIB BOSНLIGʼI VА YОSНLАR UCНRАSНUVI
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Qamashi tumani hokimligi majlislar zalida yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazdi. Unda tumandagi 3-sektor ishchi guruhi, mutasaddi tashkilotlar vakillari 60 nafar yoshlar qatnashdi.
Sayyor qabulda 24 nafar yoshlarning ishga joylashish, bank krediti asosida tadbirkorlik qilish va boshqa maishiy sohaga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 8 tasi joyida hal etildi. Yosh tadbirkorga intensiv bogʼ yaratish uchun kredit ajratiladigan boʼldi. 5 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 11 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, yechimini topish boʼyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.