1 Fevral 2023 yil 182

Chiroqchi tuman IIBda tahliliy va tanqidiy yig‘ilish bo`lib o`tdi

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov joriy yilning o‘tgan davrida Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tumanda huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda bo‘lim tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining faoliyati atroflicha tanqidiy-tahlil etildi. Bundan tashqari tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik vaakillari bilan o‘zaro hamkorligi ham muhokama qilindi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech