17 Mart 2022 yil 406

Viloyat IIB boshligʼi Qarshi davlat universitetida boʼlib, talabalarning oʼqishi va yashash sharoitlari bilan tanishdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 fevral kunidagi
“Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Qarshi davlat universiteti va Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida boʼlib, talabalarning oʼqishi va yashash sharoitlari bilan qiziqdi.
Maʼlumki, kelajak bugundan boshlanadi. Shu bois har bir yoshni qamrob olish, muammolarini hal etish, shart-sharoitlar yaratib berish bugungi kun talabi. Rahbar universitetda talabalar uchun Аxborot-resurs markazi, elektron kututbxona va talabalar yotoqxonasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish boʼyicha universitet rahbariyatiga tegishli tavsiya va takliflarni berdi.

Text to speech