Unda boshqarma rahbariyati, IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi, shahar-tuman IIB boshliqlarining MMIB o‘rinbosarlari hamda xodimlari ishtirok etdi.
Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida ichki ishlar organlari xodimlari qonunlarga, IIV va viloyat IIBning buyruqlariga hamda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishning ahvolini tanqidiy-tahlil qildi.
Xizmat davomida korrupsion jinoyatlarni oldini olish, kasbiy mahoratni oshirish, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomala bo‘lish orqali ichki ishlar organlarining xalq oldidagi imidjini oshirish lozimligini ta’kidladi.
Bir so‘z bilan aytganda, Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch ekanligi ishtirokchilarga tushuntirildi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: