Viloyat IIB boshligʼi baliqchilik tarmogʼi tobora rivojlanib borayotgan tumanning "Qahramon" mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Shuxratjon Satvoldiev Chiroqchi tumaniga navbatdagi tashrifini amalga oshirdi. Tuman hokimining birinchi oʼrinbosari Erkin Boboqulov hamda tuman IIO FMB boshligʼi polkovnik Аktamali Beshimqulov hamroxligida viloyat IIB boshligʼi baliqchilik tarmogʼi tobora rivojlanib borayotgan tumanning "Qahramon" mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi.
Mahalla fuqarolari bilan uchrashgan viloyat va tuman masʼul rahbarlari mahallada baliqchilik tarmogʼini yanada rivojlantirish orqali yaxshigina daromad olish va yangi ish oʼrinlari ochish orqali aholi bandligini taʼminlash mumkinligi haqida suhbatlashdi. Shuningdek, baliqchilik tarmogʼini xonadonida rivojlantirish istagini bildirgan aholi xonadonlariga Shuxrat Satvoldiev tashabbusi bilan baliq boqish havzasini qurish uchun qum-shagʼal toʼkib berildi.
Mutasaddi rahbarlar aholi vakillari bilan boʼlgan suhbatida tumanda mahallabay ishlash, mahallalarning oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda usuv nuqtasi (drayver)ni belgilash va ushbu yoʼnalishda manzilli, aniq va samarali ishlash mexanizmni yulga qoʼyish masalalariga oid oʼzining koʼrsatma va tavsiyalarini berdi. Shuningdek, viloyat IIB boshligʼi usuv nuqtasi baliqchilik sohasi boʼlgan Qahramon mahallasida aholi xonadonlari, tadbirkorlik obʼektlarida boʼlib amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar va yechimini kutayotgan masalalar haqida suhbatlashib, oʼz tajribalar bilan oʼrtoqlashdi.