4 Noyabr 2021 yil 329

Viloyat IIB boshligʼi 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Mirishkor tumani Pomuq shaharchasi Madaniyat markazida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Ochiq muloqot ruhida oʼtgan uchrashuvda yoshlarning tadbirkorlik, oʼzini oʼzi band qilish, ish bilan taʼminlanish, oʼquv shartnomasi toʼlovi borasidagi va maishiy masalalar bilan bogʼliq 22 ta muammolari tingandi.
Sayyor qabulda murojaatlarning 13 tasi ijobiy yechim topdi. Toʼrt nafar oliygoh talabasining toʼlovi toʼlab beriladigan boʼldi. 4 nafar xotin-qizlarga tikuvchilik kasbini oʼrganishi uchun oʼquv kursiga yoʼllanma beriildi.
Bundan tashqari oʼquv kursini tugatgan 4 nafar xotin qizlarga tikuv mashinalari berildi. Bir nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 8 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, yechimini topish boʼyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech