25 Iyun 2022 yil 261

Viloyat hokimligida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʼrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida joriy yilning oʼtgan davrida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.  

 

Viloyat hokimligida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʼrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida joriy yilning oʼtgan davrida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura, Xalq taʼlimi boshqarmasi, Qarshi shahar sektor rahbarlari, shahar-tuman Ichki ishlar boʼlimlari jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlimlari psixolog-inspektorlari hamda boshqarma Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatish markazi hamda Qarshi shahridagi oʼrta maktab direktorlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev soʼzga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda har tomonlama sogʼlom, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun barcha sharoitlar muhayyo etilganini taʼkildadi.
Yoshlarga yaratilayotgan ana shunday gʼamxoʼrliklarga qaramay joriy yilning oʼtgan besh oyida viloyatdagi mavjud oʼrta maktab va boshqa taʼlim - tarbiya muassasalarida tahsil olayotgan voyaga yetmaganlar va oʼsmirlar oʼrtasida olib borilgan profilaktik ishlarga qaramay oʼsmirlar jinoyat sodir etgan.
Sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va unga imkon beruvchi shart – sharoitlar tahlil etilganda avvalo, oʼsmirlar oʼz huquqlarini oʼrganishga yuzaki yondoshgani yoki jamiyatda yurish-turish qoidalariga bepisandligi, qilayotgan harakatining salbiy oqibatlarini toʼliq anglab yetmasligi va nihoyat, bola umuman nazoratsiz qolganligi tufayli yuz berganligi maʼlum boʼldi.
Masol uchun Qarshi shahar “Komilon” mahallasida 2022 yil 31 may kuni sodir etilgan qotillik jinoyati ham aynan qarovsiz qolgan oʼsmir tomonidan sodir etilgani aytildi. Jinoyatni yuzaga keltirgan omil va shart-sharoitlar tahlil etilganda bolaning otasi vafot etgani, onasi esa Rossiya davlatiga ishlagani ketgani bola qarindoshlar qoʼlida qolib nazoratsiz oʼz bilganicha yashagan. Xoʼsh bolani onasi tashlab ketibdi, mahalla kuy qaerga qaragan, maktab maʼmuriyatichi?! Masʼul idoralar nimaga bu borada vaqtida chora-tadbirlarni koʼrmagani tanqid ostiga olindi. Ehtimol vaqtida bu holat aniqlanib, amaliy choralar koʼrilganda bu jinoyatning oldi olinishi mumkinligi va kelgusida bunday holatlarga yoʼl qoʼymaslik uchun tegishli mutasaddilarning masʼuliyati oshirilib, tegishli jazo choralari belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yilning 4 avgustdagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʼrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida ota-ona yoki ularni oʼrnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʼlgan voyaga yetmaganlar, qarovsiz bolalar bilan ishlash boʼyicha faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʼrsatish da davlat tashkilotlarining vazifalari va majburiyatlari belgilangan. Unda har bir sohaning voyaga yetmaganlar taʼlim-tarbiyasiga masʼulligi, oʼz vazifalari borligi, mutasaddi idoralar bu borada majburiyatlariga vijdonan yondoshishlari taʼkidlanib, mutasaddi idoralar rahbarlari vazifador etildi.

Text to speech