Viloyat hokimi yosh profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi
Bugun 10 may kuni viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan, viloyat hokimi Zoyir Mirzaevning uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda, viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuхratjon Satvoldiev va yosh profilaktika inpektorlari ishtirok etishdi.Joriy yilning 10 may kuni kuni viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan, viloyat hokimi Zoyir Mirzaevning uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda, viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev va yosh profilaktika inpektorlari ishtirok etishdi.Tadbir ochiq muloqot tarzda boshlandi. Yosh profilaktika inpektorlarini xizmat olib borayotgan hududlaridagi muammo va takliflari tinglanib, har bir murojaatning ijrosi alohida nazoratga olindi. Soʼzga chiqqan, viloyat hokimi Zoyir Mirzaev, 2021 yilga “Yoshlarni qoʼllab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishining oʼzi yoshlarga eʼtiborni davlat siyosati darajasiga koʼtarilganligidan dalolat berishini shuningdek, hozirgi kunda, Ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar davomida yosh xodimlarga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, ularning qilgan mehnati, erishgan yutuqlari eʼtirof etilishini aytib, oʼzining takliflarini yosh xodimlarga yotkazdi. Jumladan: - xizmat hududida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish;- xizmat hududida eng kamida 5 nafar tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanib, oʼzining bandligini taʼminlamoqchi boʼlgan fuqarolarni, oʼz faoliyatini boshlashlarida toʼsqinlik qilayotgan muammolarini oʼrganib, ularga tadbirkorlik faoliyatida ish boshlashlariga yordam berish; - ajrim yoqasiga kelgan oilalarni aniqlab, ularni muammolarini koʼtarib chiqib, mutasaddi rahbarlar, deputatlar va tashkilotlar ishtirokida muhokama qilib oilani saqlab qolish uchun bor imkoniyatni ishga solish;- uyushmagan yoshlarni har birini muammolari bilan shugʼullanib, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish uchun mutasaddi rahbarlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish;- har haftaning bir kunida profilaktika inspektorlarini “Qorabayir” otlarini minishga olib borish kabi takliflarini berib, mazkur talablari bajargan profilaktika inspektorlari alohida ragʼbatlantirilishini takidladi. Viloyat hokimi ichki ishlar organlarida yosh xodimlar bilan ishlashda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sohada yosh xodimlarga qaratilayotgan eʼtiborni yanada kuchaytirish, shuningdek, uchrashuvda yoshlar tomonidan berilgan taklif va mulohazalar yuzasidan qator topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.Uchrashuv davomida, viloyat IIB boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev soʼzga chiqib bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor ularni qoʼllab quvvatlash yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib oʼtdi.Ochiq muloqotda davomida, el-yurt osoyishtaligini taʼminlash va yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi samarali mehnatlari hamda ichki ishlar organlari yosh xodimlariga namuna boʼlib kelayotganligi uchun bir guruh yosh xodimlarga tashakkurnomalar, xizmatda foydalanish uchun 15 dona kompьyuter jamlanmalari va sumkalar topshirildi.