Viloyatimizda xotin-qizlar o‘rtasida oila-turmush doirasidagi nizolarni oldini olish, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, huquqiy ongini oshirish maqsadida “Mustahkam oila” profilaktik o‘tkazilmoqda
Viloyat hokimi hamda viloyat
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
joriy yil 24 oktabrda kunidagi “Xotin-qizlar o‘rtasida va oila-turmush
doirasidagi jinoyatlarni oldini olish, oilalardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish,
xotin-qizlar bilan individual ishlash va ularnnng huquqiy ongini oshirish hamda
bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Mustahkam oila” profilaktik
tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” gi
qo‘shma qaroriga asosan, Qarshi shahar ichki ishlar organlarini
faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida ishchi guruhning yig‘ilishi bo‘lib
o‘tdi.
Unda viloyat hokimining oila va
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari Ziyoda Aminova, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Rustamjon Do‘stmatov ishtirok etib, ishchi guruh
oldiga xotin-qizlar bilan olib boriladigan profilaktik tadbirlar borasida aniq
vazifalar qo‘yildi.
Yig‘ilishda boshqarma jamoat
xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari polpolkovnik Zamira Rustamova
hamkor tashkilotlar, mahalla yettiligi mas’ullariga xotin-qizlar o‘rtasida
jinoyatlarni oldini olish, oilalardagi nizolarni bartaraf etish, ularni huquqiy
bilimini oshirish orqali tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha
taqdimot bilan ishtirokichlarni tanishtirdi.
So‘ngra, ishchi guruh a’zolari nizoli oilalarni
muammolarini o‘rgandi. Er-xotin o‘rtasidagi nizo, spirtli ichimlikka ro‘ju
qo‘yish, nogiron farzandini davolatish hamda ish bilan ta’minlanishga oid
masalalar mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqildi. .
Natijada
oilalarning ayrim muammolari hal etildi. Qolgan muammolar hal etish uchun
mas’ullarga yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek,
ishchi guruh tomonidan tunggi kafe barlarda raqqosalik bilan
shug‘ullanib yurgan bir guruh xotin-qizlar ichki ishlar organlariga taklif
etilib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
“Mustahkam oila” profilaktik tadbiri viloyat bo‘ylab davom etmoqda.