17 Avgust 2024 yil 538

Viloyatimizda “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” tadbiri davom etmoqda

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida mustaqilligimizning 33 yilligi bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri natijalari hamda kelgusi chora-tadbirlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Keng ko‘lamli yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi apparati, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Rustamjon Do‘stmatov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikning oldini olish ishlarini samarali tashkil etish, “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirlari davomida mahallalar, turar va noturar joy obyektlari, hududda yashovchi aholi, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar, ijtimoiy profilaktika obyektlari, jinoyat ko‘p sodir etiladigan yo‘nalishlar, o‘q otar qurollar saqlash joylari, mahalladagi tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorligini kuchaytirish lozimligini ta’kidladi. 

Tadbir doirasida joylarda qonunbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, muqaddam sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, tergov idoralaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni ushlash profilaktik hisobda turgan, muqaddam sudlanganlar va Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlarni kuchaytirish yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash topshirig‘ini berdi.

Muxtasar aytganda bo‘lib o‘tayotgan maxsus tezkor profilaktik tadbirlar istiqlol bayramini munosib kutib olish, osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz. 

Profilaktik tadbirlar  viloyat miqyosida davom etmoqda.

Text to speech