Viloyatimiz bo’ylab xotin-qizlar o’rtasida profilaktika tadbirlari davom etmoqda
Chiroqchi
tumani hududida xotin qizlar va
yoshlarning ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirish, ular o‘rtasida ta’lim
olish sifatini yaxshilash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish
maqsadida tuman xalq ta’limining barcha mas’ullari ishtirokida seminar
yig‘ilish tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi Fayzulla Yusupov, viloyat oila va xotin-qizlar
boshqarmasi bo’lim boshlig’i Manzura Ochilova, viloyat IIB JXX Xotin-qizlar
masalalari bo’yicha boshlig’i Zamira Rustamova boshchiligida, mahalla xotin
qizlar faollari, tuman maktablari o’qituvchi va psixologlari bilan birgalikda
profilaktik tadbir o’tkazildi. Unda so’z olganlar yoshlar o’rtasida erta
turmushning oldini olish, oilalarda ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish hamda
tarbiyaviy ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo’yicha olib borilayotgan
ishlarni tahlil qilib, xizmat ish faoliyati davomida xato va kamchilikka yo’l
qo’ygan mutasaddilarga tegishli choralar qo’llanildi.
Shu bilan
birga tumandagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilash
borasidagi ishlar ham o‘rganildi. Jumladan,
tumanda faoliyat yuritayotgan “Buyursin tekstil" tikuvchilik sexida
150 nafar xotin qizning bandligi ta’minlangan.
Mas’ullar
tomonidan tumandagi “Kishmish tepa" MFY yettiligining faoliyati
o‘rganilib, mahallada yashovchi
xonadonlarga kirib, aholining ijtimoiy
yashash tarzi, muammolari tinglandi.
Tumanda yashovchi xotin qizlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida bukletlar
tarqatildi.