5 Fevral 2024 yil 432

Viloyatda jinoyatlarni oldini olish va fosh etish tanqidiy-tahlil etildi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning birinchi oyida jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy va tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tezkor xizmat vakillari videoselektor tarzida ishtirok etdi.

Keng ko‘lamli yig‘ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbari  polkovnik  Aduvoxid  Ismoilov joriy yilning birinchi oyda viloyatda fuqarolar tomonidan yuborilgan marojaatlar, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tahlil qildi.

Vohada qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, tegishli sohaviy xizatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, osuda turmushga zamin hozirlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, qishloq, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu jarayonda ogohlikni yanada kengroq targ‘ib etib, yoshlarni turli illatlar domiga tushib qolishining oldini olish bosh vazifa bo‘lmog‘i lozim. Bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi.

Bundan tashqari, shahar-tumanlarda sektor ishchi guruhlari tomonidan “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash, hududlarda kommunal sohadagi kamchiliklarni muntazam nazorat qilib, uchraydigan muammolarni tezda bartaraf etish, asosiy e’tiborni fuqarolarning murojaatlarida keltirilgan muammolarga qaratish, aholining e’tiroziga sabab bo‘luvchi holatlarni barvaqt aniqlash va ushbu muammolarni sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi ishtirokchilar e’tiboriga yetkazilib, kun tartibidagi masalalar ijroga qaratildi.

Text to speech