12 Fevral 2024 yil 364

Viloyatda o‘tgan haftada jinoyatlarni oldini olish va sodir etilganlarini fosh etish muhokama qilindi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik  Baxtiyor Rajapov huzurida vohada o‘tgan haftada jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, yoshlar o‘rtasida giyohvanlik va narkotik moddalarning tarqalishini oldini olish tadbiri doirasidagi ishlar, turli norasmiy va ekstremistik guruhlarning kirdikorlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi. Ko‘lami keng yig‘ilishda boshqarma tezkor xizmati tarkibiy bo‘limlari rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tezkor xizmat vakillari videoselektor tarzida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyatda jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish borasida tezkor xizmat vakillari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni atroflicha tahlil etilib, tezkor xizmatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Text to speech