12 Fevral 2024 yil 324

Viloyatda hafta davomida kriminogen vaziyatni jilovlash va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish tanqidiy-tahlil etildi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik  Aduvoxid  Ismoilov huzurida vohada o‘tgan haftada jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tezkor xizmat vakillari videoselektor tarzida ishtirok etdi.

Keng ko‘lamli yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i viloyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni atroflicha muhokama etdi.

Vohada jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, muammolarni hal etish, shahar-tumanlarda sektor ishchi guruhlari tomonidan “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlarni amalga oshirishda kommunal sohadagi kamchiliklarni muntazam nazorat qilib, uchraydigan muammolarni tezda bartaraf etish, aholining e’tiroziga sabab bo‘luvchi holatlarni barvaqt aniqlash va ushbu muammolarni sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yechimini topish ishlari ham tahlil qilinib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, osuda turmushga zamin hozirlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, qishloq, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tilib, kun tartibidagi masalalar ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech