7 Noyabr 2024 yil
1044
Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining Qarshi tumanida ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi JXX HPB boshlig‘i polkovnik Ruslan Temirov fuqarolarning murojaatlarini tingladi.
Qabulda tergov-surishtiruv,
profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlariga oid
murojaatlar qabul qilindi.
Ommaviy sayyor qabulda
fuqarolarning beshta murojaatlari
yuzasidan ikkitasiga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan uchta
murojaat alohida nazoratga olinib, mas’ullarga yechimini topish topshirig‘i
berildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini
qabul qilish borasida sayyor qabullar davom ettirilmoqda.