Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining Koson tumanida fuqarolar bilan ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
podpolkovnik Isroil Ximmatov fuqarolar
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot qilish orqali ularning murojaatlari, muammo va takliflarini
o‘rganib, yechim topishga asosiy e’tiborni qaratdi.
Sayyor qabulda
fuqarolarning ichki ishlar organlarining tergov tizimiga va boshqa
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir jami oltita murojaatlari tinglandi.
Mazkur
murojaatlar orasida uchtasi joyida hal etildi. Jumladan, ular orasida ilk
fuqarolik olayotgan uch nafar yoshlarga ID-kartalar tantanali ravishda
topshirildi. Qolgan murojaatlar o‘rganish uchun vaqt talab etgani bois ish
yurituvga olinib, mas’ullarga ijro uchun berildi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.