28 Noyabr 2024 yil
478
Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli olis Dehqonobod tumanida tashkil etildi
Aholining turli masalalarga oid murojaatlarini viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Talat Mamatkulov qabul qildi. Qabulda ichki ishlar organlarining tergov, profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlari, probatsiya yo‘nalishi va sektor ishchi guruhi tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, turli mazmundagi murojaatlarning 7 tasi ijobiy hal etildi. Tekshirish uchun vaqt talab etuvchi qolgan murojaatlar alohida nazoratga olinib, mas’ullarga hal etish uchun yuklatildi.
Jumladan, qabulda ilk pasport olish yoshiga yetgan dehqonobodlik yoshlarga fuqarolik ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Fuqarolarning ijtimoiy va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlarini qabul qilish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom etmoqda.