15 Fevral 2025 yil 591

Viloyat hokimligida Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, prokuratura hamda ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari hamkorligida viloyatda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda viloyat Sog‘liqni saqlash,  maktabgacha  va maktab ta’limi  boshqarmalari,  shahar-tuman hokimlarining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari,  hududiy ichki ishlar bo‘limlarining   Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘yicha katta inspektorlari ham ishtirok etdi.

Unda so‘z olganlar xotin-qizlar o‘rtasida qonunbuzarliklarni oldini olish, sodir etilganlarni fosh etish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora tanqid etilib, bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni,  ijtimoiy ahvolini yaxshilash,  oilalardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash chora-tadbirlarini kuchaytirish borasida mas’ullarning zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.

Text to speech