Viloyat hokimi va sektor rahbarlarning Shahrisabz shahrida ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Shahrisabz shahrida viloyat hokimining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari, Xotin-qizlar, Yoshlar ittifoqi, Mahalla, Sog‘liqni saqlash, Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, Shahrisabz shahri, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog‘, Qamashi, Kitob, Ko‘kdala tumanlari mas’ul xodimlari hamda fuqarolari ishtirok etdi.
Ommaviy sayyor qabulda viloyat 3-sektor
rahbari, IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov bir guruh fuqarolarning
turli yo‘nalishdagi murojaatlarini qabul qildi. Murojaatlar ichki ishlar
organlariga ishga kirish, ish joyini o‘zgartirish va jinoyatni fosh etgan soha
xodimlariga minnatdorchilik va boshqa masalalardan iborat bo‘ldi.
Boshqarma boshlig‘i fuqarolar bilan ochiq
muloqot olib borib, har bir murojaatga e’tibor qaratish Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek, hokimlar va tegishli rahbarlar faoliyatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri ekanligini qayd etdi.
Qabul qilingan murojaatlarning ayrimlari hal etilgan bo‘lsa, ba’zi fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.