13 Iyul 2024 yil 510

Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida Koson tumanidagi fermerlar bilan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilindi

Tuman bo‘yicha 1227 ta fermer xo‘jaliklari bu yilgi hosil uchun g‘allachilik klasterlari bilan 18,5 ming gektar maydonda 57,6 ming tonna g‘alla yetishtirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Don sotish bo‘yicha Koson tumani 5,0 ming tonna ortiqcha don berdi. Tuman mirishkorlari paxta tolasi yetishtirishda ham faol. Ammo, hamma fermer davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlardan birdek foydalanmayapti.

Viloyat rahbari tomonidan mazkur masalalarda barcha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar va muammolar tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, tegishli mas’ullar, fermerlar va soha mutaxassislari hamda faollari bilan ochiq muhokama qilindi.

Text to speech