Viloyat musiqali drama teatrida ichki ishlar organlari xodimlari bilan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, shaxsiy tarkibi, shahar-tuman IIB xodimlari va soha faxriylari hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimning oila a’zosi ishtirok etdi.
Tadbirni Qashqadaryo viloyati IIB
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov ochdi.
Boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Ichki ishlar organlari xodimlari va
faxriylarini kasb bayrami bilan tabriklab, ichki ishlar organlari xodimlari va yoshlarga
soha faxriylarining o‘tkazilayotgan muloqot uchrashuvlarida berayotgan beminnat maslahat
va o‘gitlari, xizmatda samaradorlikka erishish borasidagi tajriba va malakasini
o‘rgatib kelayotgani e’tirof etildi.
Viloyat hududida jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka
qarshi kurashish va uni oldini olish, ro‘y berganlarini izlar bosilmay fosh etish,
qidiruvdagi shaxslarni ushlash hamda jazo muqarrarligini ta’minlashga o‘zining munosib
hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh soha xodimlari va faxriylari viloyat Ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv xizmati sohasida yosh xodimlarni
har tomonlama tarbiyalash, ularga kasb sirlarini o‘rgatish, vatanparvar, mard va
jasur yurt o‘g‘lonlarini kamolga yetkazishdek mas’uliyatli vazifani bugun tizimda
faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarimiz sharaf bilan ado etib kelayotganliklari
uchun bir guruh viloyat Ichki ishlar boshqarmasi faxriylari boshqarma boshlig‘ining
“Tashakkurnoma”si va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari ichki ishlar organlaridagi xizmat vaqtida o‘z burchini bajarish
davomida halok bo‘lgan marhum mayor Yusupov Laziz Erkinovichning turmush o‘rtog‘i
Feruza Parmanova qimmatbaxo sovg‘a bilan taqdirlandi.
So‘ngra boshqarma xodimlari va faxriylar bir piyola choy ustida suhbatlashdilar.