Viloyat IIBda Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat IIBda Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Boshqarmaning shahar-tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘lim va bo‘linmalari xodimlari videokonferensaloka tizimi orqali ishtirok etgan yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov ochdi.
Yig‘ilishda viloyatda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarni qonunlarga malakalash, fuqarolardan tushgan ariza, shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, mualliflarga javob qaytarish borasidagi ishlar tanqidiy-tahlil qilindi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda korrupsiya va tamagirlik holatlarini oldini olish lozimligi alohida qayd etildi. Barcha mustaqil soha va bo‘lim boshliqlariga bu boradagi ishlarni qattiq nazoratga olish lozimligi uqtirildi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Yakunda xizmatda va faoliyatda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh tergovchilar rag‘batlantirildi.